Qarshida aviakompaniya yolg‘oni sabab 150 kishi aeroportda to‘plandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 fevral kuni reys amalga oshiriladigan aeroport borasida yo‘lovchilarga chalkashtiruvchi ma’lumot berilgani oqibatida Qarshi havo bandargohida odamlar to‘plandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xabar qildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, Moskvaga uchib ketish uchun otlangan yo‘lovchilar bugun tongda Qarshi aeroportiga to‘plana boshlagan. Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 ga kelib, aeroportga 150 ga yaqin odam to‘plangan.

Vaholanki ushbu aeroport jadvalida bunday parvoz bo‘lmagan. Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasining VZ-4492 parvozi Qarshi emas Navoiy aeroportidan soat 15:00 da amalga oshirilishi belgilangan.

Lekin yo‘lovchilar Easy Booking va Atlas Avia tour onlayn xizmatlari orqali xarid qilingan chiptalarda jo‘nab ketish shahri - Qarshi, jo‘nash vaqti esa – 08:00 deb ko‘rsatilgan bo‘lgan.

Qarshi aeroportining tushuntirishicha, ba’zi aviakassalar bir shahardan uchayotgan parvozga yo‘lovchilar yetishmasligini boshqa shahar orqali chipta sotish yo‘li bilan qoplaydi. Ushbu maqsadda chipta sotish vaqtida ular yo‘lovchilarga parvoz uchish shahri haqida ataylab noto‘g‘ri ma’lumot bergan.

Lekin bunday holda ular yo‘lovchilarga bepul transfer tashkil qilib berishlari kerak, ammo bugun Qarshidan Navoiyga hech qanday transfer tashkil qilinmagan. Yo‘lovchilar qo‘shni shaharga o‘z hisobidan taksida borishga majbur bo‘lgan.

“Navoiy” aeroportida ma’lum qilinishicha, terminalga VZ-4492 reysi yo‘lovchilari kela boshlagan. Parvoz uchun ro‘yxatdan o‘tish mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing