Qarshida 10 tup daraxt qo‘porib tashlandi
Jamiyat
−
24 fevral 2022 5621 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani “Yangi hayot” MFY hududidan ariq qazish maqsadida ko‘p yillik daraxtlar Hyundai rusumli buldozerda qo‘porib tashlandi. Bu haqda Ekologiya Qo‘mitasi xabar qildi.
Aniqlanishicha, kesilgan daraxtlar xatlovdan o‘tkazilganda 4 tup aylant va 6 tup tut, jami 10 tup daraxt tag qismidan qo‘porib tashlangani ma’lum bo‘lgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKsining 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 350 ming so‘m jarima hamda 92 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zarar qo‘llanildi.
Inspektorlarning sa’y-harakati bilan “Yangi hayot” MFY hududida 1 dona tut, 1 dona aylant va 45 dona terak daraxtlari kesib tashlanishdan saqlab qolingan.

Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr