Qashqadaryo tarixida ilk bor ayol kishi hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
04 mart 2020
10953Avvalroq, Mirishkor tumanining so‘kong‘ich hokimi Baxtiyor Rajabov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Qarshi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan G‘ayrat Turdiyevich Begaliyev tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatida yana bir tayinlov amalga oshirildi. Unga ko‘ra, viloyatda ilk bor hokim lavozimiga ayol kishi tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Maqsuda Sayfullayevna Mustafoyeva Qarshi tumani hokimligiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 mart kuni Andijon viloyati Bo‘ston tumaniga ham ayol kishi hokim bo‘lgan edi.
LiveBarchasi