Qarshi XTB mansabdorlariga jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
21 Oktabr 2022
7252Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganlikda ayblanyapti. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi prokuraturasi tomonidan shahar XTB mansabdor shaxslari tomonidan juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganlik holati yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan bo‘lib, hozirda yetkazilgan moddiy zarar qoplangani va qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa holatlarni hisobga olgan holda, garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Tergov harakatlari davomida taraflarning barcha vajlari to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Tergov harakatlarining borishi nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi