Qariyb 10 ming dollar qalbaki pulni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor tadbiri davomida qalbaki xorijiy valyutalarni muomalaga chiqarishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bildirilishicha, “Namangan-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Honda rusumli avtomashina Pop tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda qalbaki 4 ming AQSH dollari borligi ma’lum bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur qalbaki valyutalarni kelgusida sotish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqarodan 2200 AQSH dollariga sotib olganligi aniqlangan. 

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro qalbaki 5400 AQSH dollarini haqiqiy 3 ming AQSH dollariga ayirboshlagan vaqtida ushlangan.
 
Aniqlanishicha, u qalbaki valyutalarni Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 9400 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Namangan qalbaki dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing