Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bo‘yicha yetakchi viloyat ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Qarindoshlar o‘rtasidagi eng ko‘p nikoh tuzilish holatlari Qashqadaryoning G‘uzor tumanida qayd etilgan. Bu haqda bugun, 25 avgust kuni Respublika xotin-qizlar jamoatchikik kengashi hamda Gender tengligi masalalari bo‘yicha komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda Senat raisi Tanzila Norboyeva, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Gulnora Mahmudova ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish amaliyoti keng tarqalgan hududlarni aniqlash maqsadida respublikaning 6 974 ta mahallasida sotsiologik so‘rov o‘tkazilgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlar Qashqadaryo viloyatining G‘uzor (9,7 foiz), Dehqonobod (9 foiz), Kasbi (8,6 foiz), Yakkabog‘ (6,1 foiz), Kitob (5,8 foiz), Qamashi (5 foiz) tumanlariga, Surxondaryo viloyatining Qiziriq (19 foiz), Boysun (8,3 foiz) va Denov (5,8 foiz) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

nikoh

Baholaganlar

811

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing