Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan blogerga jarima yozmagan YPX inspektori jazolandi
3-sahifa
−
30 mart 2021
9190Joriy yilning 9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati inspektori yo‘lda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchiga jarima yozmagani aks etgan video tarqalgandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruv boshlangandi. Poytaxt YHXB tekshiruv natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, xizmat davomida tegishli talablarni buzganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi F. Sayxamatovga hamda qo‘l ostidagi xodimlar ustidan kunlik va idoraviy nazoratni yetarli darajada olib bormaganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB maxsus divizion komandiri J. Mo‘minovga "Hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr