Qanday obyektlar jamoat joyi hisoblanadi va u yerda nimalar taqiqlangan?
Foydali
−
15 aprel 2019
23813O‘zbekistonda qanday joylar jamoat joylari hisoblanadi va jamoat joylarida nimlar taqiqlangan? Shu va shu kabi savollarga quyida javob olishingiz mumkin.
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilinishicha, qonunchilikka muvofiq quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi:
- statsionar savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari;
- kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar;
- klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet xizmatlari ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa ko‘ngilochar joylar;
- muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar;
- mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari;
- yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
- aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;
- sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari;
- ish joylari bo‘lgan xonalar;
- ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklari, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari;
- xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqa joylar.
Shuningdek, jamoat joylarida quyidagilar taqiqlanadi:
- tamaki mahsulotlarini iste’mol chilish, shuningdek chilim va elektron sigaretalar chekish;
- mayda bezorilik, ya’ni uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;
- ibodat liboslarida yurish;
- alkogol mahsulotini iste’mol qilish;
- tilanchilik qilish;
- ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;
- it va mushuklarni tumshuqbog‘siz va yetovsiz olib yurish.
Jamoat joylarida mazkur xatti-harakatlarni sodir etish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15