Qanday mahsulotlar inson miyasi uchun zararli?
Salomatlik
−
10 dekabr 2020
16610Miya salomatligi uchun qanday mahsulotlardan voz kechish kerak? Bu haqda Kornell universiteti nevrologiya va radiologiya kafedrasi dotsenti Liza Moskoni ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, to‘yingan yog‘lar, ayniqsa, hayvon yog‘lari yurak xastaligi xavfini oshiradi.
Shuningdek, bunday yog‘lar kognitiv muammolar xavfini oshirishi ham tadqiqotlarda isbotlangan.
"Biz yog‘li mahsulotlar, shirinliklar iste’mol qilganimizda, bizda sustlik, uyquchanlik kabi alomatlar kuzatiladi. Bu muammo oshqozonda emas, balki miyada paydo bo‘lishini belgisi", degan Moskoni.
Shifokor noto‘g‘ri ovqatlanish miyaning strukturaviy va funksional elementlari yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Mutaxassis ta’kidlaganidek, neyronlar uchun antioksidantlar (C vitamini, E vitamini va beta-karotin), shuningdek, B vitamini va omega-3 yog‘ kislotasi zarur hisoblanadi.
LiveBarchasi