Qanday kundalik odatlar ko‘rish qobiliyatini yomonlashtiradi? 

Salomatlik

image

Transportda o‘qish ko‘z kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda oftalmolog Valeriya Smirnova ma’lumot berdi.  

Shifokor o‘qish ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Mutaxassis transportda o‘qishni, tunda smartfonlardan foydalanishni tavsiya etmaydi, chunki ko‘zlar tasvirni qayta-qayta tuzatishdan charchaydi.  

“Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga noto‘g‘ri masofada o‘qish
ham sabab bo‘lishi mumkin (35 santimetr standart hisoblanadi)”, degan shifokor. 

Bundan tashqari, Smirnova doimiy ravishda buyurilgan ko‘zoynak yoki kontakt linzalarini taqmaslik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan. 

U to‘g‘ri ko‘zoynak yoki linzalarni tanlashda pulni tejamaslikka, shu jumladan ishlab chiqaruvchilarni o‘zgartirishda e’tiborli bo‘lishni maslahat beradi. Oftalmologning ta’kidlashicha, ko‘rish linzalarga beparvo munosabatda bo‘linganligi sababli yomonlashishi mumkin: gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, linzalarning muddatiga e’tibor bermaslik, linza idishlaridan noto‘g‘ri foydalanish va kunduzgi linzalarda uxlash. 

Smirnova, shuningdek, kosmetika vositalari ko‘zga tushmasligi uchun ularni ehtiyotkorlik bilan o‘chirish kerakligini ta’kidlagan va ularni ishqalash odatidan voz kechishga chaqirgan. Shifokor ko‘zni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynakka e’tiborsiz bo‘lmaslikni maslahat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

ko'z

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing