Qancha yevropalik Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashi aniqlandi

Olam

image

Aksariyat yevropaliklar Ukrainadagi urush sabab Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yevropa komissiyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijasi shundan darak bermoqda.

So‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, respondentlarning 47 foizi sanksiyalarga to‘liq qo‘shiladi, 31 foizi esa qarshi bo‘lishdan ko‘ra, qo‘llashni ustun ko‘radi.

So‘rovnomada 68 foiz odam Ukrainaga harbiy yordam yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishni moliyalashtirish tarafdori bo‘lgan. Taxminan o‘nta Yevropa Ittifoqi fuqarolaridan to‘qqiz nafari (92 foiz) urush qurbonlariga gumanitar yordam ko‘rsatishni to‘g‘ri deb hisoblaydi.

Shuningdek, respondentlarning aksariyati Ukrainadan qochqinlarni Yevropa Ittifoqiga qabul qilish tarafdori. Bu fikrga 56 foiz odam to‘liq qo‘shilgan bo‘lib, ulardan 34 foizi qisman rozi.

Qayd etilishicha, 54 foiz odam energetika sohasida Rossiyadan mustaqillikka intilish zarurligini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan.

Joriy yilning 17 iyunidan 17 iyuligacha o‘tkazilgan so‘rovnomada Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlatidan 26 468 nafar respondent ishtirok etgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

344

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing