Qancha o‘zbekistonlik o‘qish uchun Amerikaga borgani ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonlik talabalarning 1000 ga yaqini o‘qish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlariga borgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 11 oyida 138,9 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida xorij mamlakatlariga ketgan. Shundan Qirg‘iziston Respublikasiga eng ko‘p, ya’ni 52 291 kishi o‘qishga borgan.

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida talabalar o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan davlatlar kesimi quyidagicha:

  • Qirg‘iziston Respublikasiga – 52 291 kishi;
  • Tojikiston Respublikasiga – 47 213 kishi;
  • Rossiya Federatsiyasiga – 13 128 kishi;
  • Qozog‘iston Respublikasiga – 10 646 kishi;
  • Turkiya Respublikasiga – 5 265 kishi;
  • Janubiy Koreya Respublikasiga – 4 645 kishi;
  • AQSHga – 987 kishi;
  • Buyuk Britaniyaga – 971 kishi;
  • Belarus Respublikasiga – 928 kishi;
  • Germaniyaga – 772 kishi.

 Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing