Qamoqxona xodimlari ham bodikamera bilan “qurollantiriladi”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Farmonga asosan mahkumlarni “elektron nazorati”ni ta’minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. 

Xususan:

•    xodimlar personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o‘tash tartibi tatbiq etiladi;

•    mahkumlarning jazoni o‘tash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar (“Smart”) tizimi muassasalarga o‘rnatiladi;

•    taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o‘tish joylarida bodiskanerlar o‘rnatiladi;

•    jazoni o‘tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi “axborot portreti”ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizim yaratiladi.

Farmonning mazkur bandi joriy yilning 10 mayigacha ijro etilishi belgilangan. Bunga IIV va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

bodikamera

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar