Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 yanvar kuni Qamchiq dovonida katta yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16 yanvar kuni soat 15:50 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 252-kilometrida 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi S.S. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing