“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
3-sahifa
−
04 fevral 2023
5125Bugun, 4 fevral kuni soat 1:53 da A-373 avtomobil yo‘lining 227 kilometrida “Toshkent - Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Yong‘in to‘g‘risidagi xabar “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga kelib tushgan. Voqea joyiga boshqarma boshlig‘i H.Bobonov boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 2:28 da to‘liq bartaraf etildi.
Shuningdek, avtomashina yuk xonasida bo‘lgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 fevral kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Gazel” rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan edi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi