“Qamchiq” dovonida tuproq-loy ko‘chkisi sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat
−
07 mart 2023 7042 1 daqiqa
Kecha, 6 mart kuni soat 20:17 da A-373 avtomobil yo‘lining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishi 222,1 kilometrida 70 metr kub tuproq-loy ko‘chkisi hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘chki avtomobil yo‘lining 2- va 3- tasmasiga qisman tushgan. Holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi (IYFUK) xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lni tuproq-loy massasidan tozalash ishlarini amalga oshirgan va transport vositalarining xavfsiz harakati ta’minlangan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar