“Qamchiq” dovonida Nexia yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

“Qamchiq” dovonida Nexia rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 6 iyul kuni soat 17:00 da Toshkent – O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 246-kilometrida Nexia rusumli avtomobil yonib ketdi. Besh kishidan iborat yo‘lovchilar avtomobil salonidan o‘z vaqtida chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. 

Bir necha daqiqa ichida yong‘in sodir bo‘lgan joyga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelib, yong‘inni bartaraf etgan. Avtomobildagi yo‘lovchilar tan jarohati olmagan. Qutqaruvchilar ularga barcha zarur yordamlarni ko‘rsatgan.

 Aniqlanishicha, yong‘in avtomobilning dvigatel qismidagi elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida sodir sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq”da benzin tashuvchi avtomoil yonib ketib, 2 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing