Qamchiq dovonida qor ko‘chdi
Jamiyat
−
16 fevral 2023
7594Bugun, 16 fevral kuni 1:40 larda Qamchiq dovoni atrofida yo‘lning 239-km qismiga qor ko‘chkisi tushgani ma’lum qilindi. Tongda esa ko‘chki 234-kilometrda ham qayd etilgani aytildi. Bu haqda O‘zgidromet vakili Erkin Abdulaxatov xabar berdi.
“Ko‘chki oqibatlari “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi (IYFUK) tomonidan bartaraf etilmoqda”, deyiladi xabarda.
Dovon yopilgani sababli aholiga qulaylik yaratish maqsadida vodiy viloyatlariga borishni rejalashtirgan yo‘lovchilar uchun Angren hamda Ohangaron vokzallarida Ohangaron-Angren-Andijon qo‘shimcha temiryo‘l reysi amalga oshirildi.
“Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yo‘lovchilar o‘z manzillariga xavfsiz yetib olishlari ta’minlandi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qor ko‘chish xavfi tufayli kecha, 15 fevral kuni soat 22:40 dan boshlab dovonda transport vositalarining harakati to‘xtatilgan edi. O‘zgidromet 16 fevral kuni soat 01:30 dan dovonning 228-253 km qismida qor ko‘chish xavfi borligidan ogohlantirgandi.
LiveBarchasi