“Qamchiq” dovonida dahshatli YTH. Qurbon bor
3-sahifa
−
27 may 2023
12286“Qamchiq” dovonida Isuzu yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolishi oqibatida dahshatli avtohalokat yuzaga keldi. Yuk mashinasi biryo‘la 4 ta avtomobilni urib ketgan. Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, bugun, 27 may kuni soat “Qamchiq” dovonidagi “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va Kia, Damas hamda 2 ta Cobalt avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etgan va uch kishi tan jarohati bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
“Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 aprel kuni “Toshkent – O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘lgan edi. YTHda 5 kishi jabrlanib, 1 nafar shaxs vafot etgan.