“Qamchiq” dovonida 4000 metr kublik qor ko‘chkisi bo‘ldi

Jamiyat

image

Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha 16 fevral kuni soat taxminan 17:00-21:00 oralig‘ida Namangan  viloyati, Pop tumani, “Qamchiq” dovonida yoqqan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida  4 000 metr kublik hajmdagi qor ko‘chkisi aniqlangan.

“Hodisa sababli talofat ko‘rgan va jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida yoqqan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida 12000 metr kub hajmdagi 12 ta qor ko‘chkilari aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zgidromet Qamchiq qor ko'chki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing