“Qamchiq” dovonida harakat to‘xtatildi
Jamiyat
−
12 mart 2022 11368 1 daqiqa
Bugun, 12 - mart kuni soat 9:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga hududda qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda hududda qor yog‘moqda.
Dovon yo‘li ochilishi bilan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr