“Qamchiq” dovoni yopildi

Jamiyat

image

Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra  qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilingan. Shu sababli bugun, 4 yanvar  kuni soat 00:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.  

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi FVV xabarida. 

“Qamchiq" dovonini qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing