“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarini bog‘lab turuvchi “Qamchiq” dovonida transport harakati qor ko‘chishi xavfi sabab to‘xtatilgan edi. Bugun, 12 mart kuni dovon avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan amaliy harakatlarni muvofiqlashtirib borgan. 

“Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 12 mart kuni soat 18:00 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Toshkent-Vodiy” yo‘lining 6 ta joyida tosh-tuproq o‘pirilib tushgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing