“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli 4 yanvar kuni soat 00:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgan edi.

Favqulotda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu dovon avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tuzilib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.

Shuningdek, FVV, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari bilan birgalikda yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 4 yanvar kuni soat 10:00 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi”, deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.

FVV Axborot xizmatining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, jami 2300 nafardan ortiq yo‘lovchi evakuatsiya qilingan. 877 ta avtomobil esa xavfsiz joyga olib o‘tilgan.

Shuningdek, “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopilib qolgan vaqtda jami 113 ta maxsus texnikalar hamda 250 nafar shaxsiy tarkib, qolaversa, 585 nafar ishchi-xizmatchi jarayonga jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing