Qamchiqda mudhish YTH! Ikki kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 iyun kuni soat 12:05 da Namangan hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 247-kilometrida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Haydovchi 30 yoshli T.T. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.I.ning boshqaruvida bo‘lgan CAMC rusumli yuk avtomashinasini orqa qismiga urilgan.

Sodir etilgan hodisa natijasida Damas haydovchisi T.T. va avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 21 yoshli X.M. hodisa joyida vafot etgan, orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi 51 yoshli X.Q. esa olgan tan jarohati bilan Pop tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabarida.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing