Qamashi tumaniga prokuror tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bosh prokurorning buyrug‘i bilan adliya maslaxatchisi Bahriddin Bahodir o‘g‘li Bahodirov Qamashi tumaniga prokuror etib tayinlandi.

Bahriddin Bahodirov prokurorlik lavozimiga tayinlanguncha, Qashqadaryo viloyati prokurorining xalqaro huquqiy masalalari bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Unda Prezident Qamashi tumani prokurori Husniddin Bobomurodov yoshlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmaganini aytib tanqid qilgandi. Shundan so‘ng u lavozimidan ozod etilgan.

Yig‘ilishda shuningdek, Yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Furqat va Ulug‘nor tumani hokimlari, Shofirkon, Qamashi, Xiva, Chust, Xo‘jayli va Angor tumanlaridagi ayrim sektor rahbarlari Prezident tanqidiga uchradi.

Shoxsanam Doniyorova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing