Qalin qor sababli Toshkentdagi bozorda savdo rastalari tomi qulab tushdi (video)

Jamiyat

image

Toshkentdagi “Chilonzor buyum savdo kompleksi” hududidagi savdo rastasi tom qismidagi soyabonlari qalin qor sababli qulab tushdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10 yanvar kuni ushbu bozor hududidagi 3, 4-ayvonlar yon tomoni va 5,6-ayvonlar orqa tomonida yo‘laklarda o‘rnatilgan soyabonlar (naves) qor qalin yog‘ganligi sababli og‘irlikni ko‘tara olmay egilib tushgan.

Shundan so‘ng, hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida evakuatsiya qilingan. Shuningdek, ushbu savdo do‘konlari bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda vaqtincha yopilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi “Abu Saxiy” savdo markazi tadbirkorlar va xaridorlar uchun o‘z ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatyotgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing