Qalbaki 5 ming dollarni 25 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
15 Fevral 2023 6064 1 daqiqa
Qashqadaryoning Muborak tumanida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro qalbaki 5 ming dollarni 25 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u mazkur qalbaki kupyuralarni Kitob tumanida yashovchi muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqfarodan olgani aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, ushbu qalbaki xorijiy valyutalar Qozog‘iston Respublikasidan olib kelingan.
“Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr