Qachon galstukni yechib, etik kiyasan? Nega ahvol bunday xarob? – Prezident Farg‘ona shahar hokimini tanqid qildi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga kutilmaganda, piyoda kirib bordi.

Tozalab, tartibga keltirilmagan hovli, kapital ta’mirtalab xonalar va suv sizib oqib turadigan, buzilgan jo‘mrakli yuvinish joyi. Bu holatga guvoh bo‘lgan Prezident mahalla rahbarlarini tashabbussizligini tanqid qilib, shahar hokimiga qattiq tanbeh berdi.

“Nega ahvol bunday? Nega men kelishim kerak? Hammang kabinetda o‘tirsang, qachon galstukni yechib, etik kiyasan? Surxondaryoni borib ko‘rgin. Bunaqa mahalla raisi qolmagan. Nega ishlamaysizlar? Seni maqtayotgandim. Yo‘lni qara, binoni qara. Bironta uyingning oldida baraka yo‘q. Hammayoq axlat bo‘lib yotibdi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yo‘llardagi nosozliklar sababli, tanbehlardan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari ham quruq qolmadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifidan so‘ng, Farg‘ona shahar hokimi va qolgan uchta sektor rahbari ham ishdan olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

339

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing