Qabul-2021: imtihonlarni o‘tkazishga qancha mablag‘ sarflanishi ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun 30 mlrd so‘m atrofida mablag‘ sarflanadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

DTM direktorining ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘i bilan hozirda 5 ta hududda imtihon o‘tkazish markazlarining qurilish ishlari ketmoqda. Birgina Buxoroda qurilayotgan markaz binosi uchun 18 mlrd so‘m sarflangan.

Avvalroq, pandemiya sharoitini inobatga olib, imtihonlarni o‘tkazish uchun 65 ta ob’ekt tayyorlangani haqida xabar bergan edik. Undan 63 tasi stadion va 2 tasi xiyobon. Shuningdek, epidemiologik sharoit yaxshi bo‘lib turishini inobatga olib 96 ta yopiq bino ham tayyorlangan.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing