Qahvaga xayrmi?

Bu qiziq

image

Hozir dunyoda 40 turdagi qahva mavjud. Ulardan faqat 19 tasidan tijoriy maqsadlarda foydalaniladi. Bularning ichida eng mashhurlari – arabika va robustadir. Bundan tashqari, qahva plantatsiyalarning katta qismi Osiyo va Afrika o‘rmonlarida joylashgan bo‘lib, yuqorida nomi keltirilgan qahva turlari aynan shu yerlarda yetishtiriladi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siridan aynan shu hududlar zarar ko‘rmoqda. Ushbu qit’alarda havo harorati ko‘tarilib, yog‘ingarchilik miqdori, aksincha, pasaymoqda.

Avstraliyaning Janubiy Kvinslend universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi qahvaning robusta naviga, ayniqsa, ko‘proq ta’sir qiladi. Ilgari issiqlik o‘simlikka faqat foyda keltiradi, deb ishonilgan. Endi olimlar yuqori harorat hosilni kamaytirishini aniqlashdi. Haroratning bir darajaga ko‘tarilishi bilan hosil 14 foizga tushadi, deya xabar beradi Global Change Biology.

2017 yilda olimlar, shuningdek, arabika ekinlari o‘sadigan Lotin Amerikasidagi plantatsiyalar global isish tufayli ham zarar ko‘rishini ta’kidlashgan edi. Bu hududlarning qurishi va haroratning oshishi, muhim changlatgichlarning yo‘q bo‘lib ketishi bilan bog‘liq.

"Qahva bugungi kunda dunyodagi eng qimmatbaho tovarlardan biri bo‘lib, unga maxsus iqlim va asalarilar kerak, ular qahva daraxti gullarini changlatishi mumkin. Ilk bor biz iqlim o‘zgarishi ularning ikkalasiga ham, boshqalarga ham qanday ta’sir qilishini o‘rganib chiqdik va qahva ishlab chiqaruvchilar uchun og‘ir damlar yaqinlashayotganini tushundik", deydi Qo‘shma Shtatlardagi Vermont universitetidan Teylor Riketts. 

Olimlarning fikriga ko‘ra, bugungi iqlim o‘zgarishi bilan 2050 yilga kelib qahvaning yo‘qolib ketish xavfi oshadi.

"Iqlim o‘zgarishi qisqa muddatda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu endi kelajak masalasi emas, balki bizning hozirgi kunimizdir", dedi Lavazza qahva kompaniyasi vakili Mario Cherutti.


Maqola muallifi

Teglar

qahva

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing