​Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi qabul qilinadi

Jamiyat

image

Fuqarolarning xolis, ishonchli axborot olishlari, shuningdek, jurnalistlarning fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan holda haqqoniy va ob’ektiv ma’lumot tayyorlashi va ularni yetkazishini ta’minlash maqsadida jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Bu ommaviy axborot vositalarining o‘z-o‘zini boshqarish usuli bo‘lib, bu borada hech qanday sud yoki vakolatli davlat idoralari aralashmaydi. Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazishda mas’uliyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Jurnalistlarning kasbiy majburiyatlari, ularning mas’uliyatlarini himoyalash, halol raqobat va jurnalistlar birdamligi – kodeksning bosh tamoyillaridan hisoblanadi.

Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi prinsiplari va normalarini buzgan jurnalistlar kodeksda belgilangan tartibga ko‘ra javobgarlikka tortiladilar.

Ma’lumot uchun: Kodeks "Inson huqulari umumjahon deklaratsiyasi" (BMT Bosh Assambleyasi, 1984 yil), "Xalqaro jurnalistika professional etika tamoyillari" (YUNESKO, 1983 yil), "Xalqaro jurnalist axloqi tamoyillari deklaratsiyasi" (Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining Jahon kongressi, 1954 yil) kabi hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunchiligi qoidalari asosida ishlab chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist kodeks

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing