O‘zbekiston bozoriga yangi – AIQAR avtomobil brendi kirib kelyapti
Biznes
−
04 dekabr 2023
19713Joriy yilning 3 dekabr kuni AIQAR kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi avtosaloni rasmiy faoliyatini boshladi.
Dastlabki taqdim qilingan avtomobillar eQ7 krossoveri va hamyonbop Arrizo E so‘nggi avlod elektromobillari bo‘ldi. Ushbu modellarning bir quvvatlashda yurish masofasi 512 km va 405 kmni tashkil etadi.
AIQAR'ning ustunlik jihatlaridan biri – bu uning platformasi mustahkamligi darajasi yuqoriligida. Masalan eQ7 ni 1° ga deformatsiya qilish uchun 3 tonna kuch kerak bo‘lsa, bundan bir necha barobar qimmat boshqa brendga mansub elektromobillarda nisbatan ancha kam tonna kuchni talab etadi.
Eslatib o‘tish joizki, rasmiy dilerlik markazlaridan tashqari xar qanday yo‘llar bilan olib kirilgan ushbu brendga taaluqli elektromobillarni ishlab chiqaruvchi tomonidan bloklash tizimi joriy qilingan.
Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling
Aloqa uchun: +998 91 055 03 03 +998 91 033 03 03
LiveBarchasi