DSQ tadbirkorning 1 milliarddan ortiq pulini qaytardi

Jamiyat

image

Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkordan undirilgan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qaytarishga majbur bo‘ldi.

Biznes-Ombudsman matbuot xizmatiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “QUVASOYCEMENT” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan 1 mlrd. 108 mln so‘mlik noto‘g‘ri ta’sirchan soliq mexanizmi qo‘llanilgan.

Gap shundaki, “QUVASOYCEMENT” AJning 1 mlrd 108 mln so‘mlik pul mablag‘lari ta’sirchan soliq mexanizmi noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida uning hisob varag‘idan olib qo‘yilganligidan norozi bo‘lib, Biznes-Ombudsman institutiga murojaat qilgan.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Biznes-Ombudsman tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga “QUVASOYCEMENT” AJga nisbatan hisoblangan ta’sirchan soliq mexanizmini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Taqdimnomaga asosan, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “QUVASOYCEMENT” AJga nisbatan qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi bekor qilindi va 1 mlrd 108 mln so‘mlik qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ta’sirchan soliq mexanizmi mol-mulk va yer soliqlari o‘rnatilgan stavkaga nisbatan 3 oyga qadar ikki baravar, 3 oy o‘tgandan so‘ng besh baravar, 6 oy o‘tgandan so‘ng o‘n baravar, 12 oydan boshlab kelgusi har 12 oyda oxirgi oshirib qo‘llanilgan miqdorning ikki baravari miqdorida hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing