“Taksichilik” qilish uchun imkoniyat kengaytirilishi mumkin

Jamiyat

image

“UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. 

Loyihaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llashni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga:

•  yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish tartibini va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishni joriy etish orqali avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishni amalga oshirish;

•  jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflar kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat dasturi Taksi

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing