Ijtimoiy tarmoqda tuman hokimiga tuxmat qilgan fuqaro qamaldi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida tuman hokimiga nisbatan yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun aybdor deb topildi.

Fuqaro Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan videolavhasida tuman hokimi 15-20 gektar yerni 5-10 ming AQSH dollaridan sotib yuborganini aytib, uni juda ko‘p miqdorda pora olganlikda ayblagan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bundan tashqari, ayblanuvchi bu qilmishi bilan cheklanib qolmay, firibgarlik bilan ham shug‘ullanib, ikkita odamning ish haqini bermay kelgan.

“Inson har qanday qilmishi uchun javob beradi. Fuqaro tomonidan amalga oshirilgan ishlar, videomateriallarda tilga olingan holatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. Natijada bu fuqaro aytgan gapi, keltirgan faktlarini dalillar bilan isbot qilib bera olmadi”, degan Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudi raisi Maqsudbek Qilichev.

Ayblanuvchi qilgan tuhmati va firibgarligi uchun 1 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Xorazm tuxmat

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing