Ijara uyda fohishaxona ochgan ayolga jazo tayinlandi

Jamiyat

image

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchilardan shahar 3-son IIB boshlig‘i nomiga ariza kelib tushgan, deyiladi Samarqand viloyat hokimligi xabarida. Holat yuzasidan tezkor tadbir rejasi ishlab chiqilib, IIB tomonidan yigit va qiz roliga “F.” va “M.” ismli shaxslar jalb qilingan. 

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zini F. deb tanishtirgan yigit S.ga qo‘ng‘iroq qilib “Telefon raqamingizni tanishimdan oldim. Maylimi, uyingizda sevgan qizim bilan bir soat dam olsam”, deb taklif bildirgan. Ijarachi bunga rozi bo‘lib, yigitning iltimosini 100 ming so‘mga baholagan. 

“Birrovchi”larni ijaradagi uyning bir xonasiga joylagan S. esa mehmonga kelgan dugonasi I. bilan oshxonada bemalol suhbatlashib o‘tirgan. Ularning qizg‘in suhbatini eshik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib qo‘yadi. Eshikni ochgan S. ro‘parasida IIB xodimlarini ko‘radi. 

Natijada, ijara uyida fohishaxona ochgan S. ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xabarda aytilishicha, ayol turmushidan ajrashgan bo‘lib, Narpay ko‘chasidagi ushbu xonadonni yaqinda ijaraga olgan va oson pul topish niyatida uyini fohishaxonaga aylantirgan.

Sudda guvohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida S.ning aybi o‘z isbotini topdi. Sud hay’ati unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi, 2-qismi bilan 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing