Izboskan hokimi lavozimidan “uchdi”
Jamiyat
−
11 dekabr 2023
11513Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Kecha, 10 dekabr kuni Andijon viloyatida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari hamda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi qaroriga asosan tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan Serobiddin Ismoilovni vazifasidan ozod etish masalasi ko‘rib chiqildi. Deputatlarning yakuniy qaroriga ko‘ra, tuman hokimi ishdan ketdi.
Shuningdek, ushbu vazifani vaqtinchalik bajaruvchi etib, bugungacha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib kelayotgan Hojiakbar Umarov tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Serobiddin Ismoilov 1974 yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Andijon davlat universiteti (kunduzgi) matematika fani o‘qituvchisi mutaxassisligini tamomlagan. Shu vaqtga qadar Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimligi bosh mutaxassisi (2005-2007), Andijon viloyat hokimligi nazorat-monitoring sho‘’basi yetakchi mutaxassisi (2007-2008), Andijon viloyat hokimligi diniy va jamoat tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha kotibiyati mudiri (2008-2011), Andijon viloyat hokimligi umumiy bo‘lim mudiri (2011-2015), Andijon viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (2015-2017) hamda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
LiveBarchasi