Iyun oyida narxlar qanchaga o‘sgani ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

Yakuniga yetgan iyun oyida O‘zbekistonda iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.

2021 yilning boshidan iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar  narxlarining o‘sish darajasi 4,4 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,7 foizni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, iyun oyida oziq-ovqat narxlari 0,9 foiz kamayib, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foiz ko‘tarilgan. Xizmatlar narxi esa 0,2 foizga qimmatlashgan.

Joriy yil iyun oyida iste’mol narxlari indeksining (INI) o‘sish darajasi 10,9 foizga yetdi.

Ma’lumot o‘rnida, iyun oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum, o‘simlik yog‘i, tovuq go‘shti, yangi sog‘ilgan sut, muzlatilgan baliq, grechka, tvorog, guruch va guruch oqshog‘i narxlarida pasayish qayd etilgan. Salqin ichimliklar, shakar, mol go‘shti va qo‘y go‘shti esa qimmatlashgan.

Taqqoslash uchun, 2020 yilning iyun oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,3 foizga, 2019 yilda esa 0,5 foizga arzonlashgan. INI esa 2020 yilning iyun oyida yillik 14,2 foizga, 2019 yilning iyunida esa 13,6 foizga yetgan edi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing