Iyulning so‘nggi haftasi yuqori harorat bilan o‘tadi

Bu qiziq

image

Joriy haftada O‘zbekiston hududi bo‘ylab issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Kunduz kunlari harorat 39-42 daraja issiq, janubiy va cho‘l hududlarida, shuningdek 24-25 iyul kunlari respublika shimolidagi ba’zi joylarda 43-44 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti.

27 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga, 28 iyulda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘istondan nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat 35-38 daraja, janubda 40-42 darajagacha pasayadi.

Bunday harorat hafta oxirida ham saqlanib turadi.

Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s, ayrim joylarda 20-22 m/m gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 24 iyulda kunning ikkinchi yarmida va hafta oxirida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda 24-27 iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi. Harorat 24-27 iyulda 39-42 daraja, 28 iyulda 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu haftada kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, havo harorati o‘tgan yillarda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichlarga yetib bormaydi. Shunday qilib, respublika hududining katta qismida eng issiq iyul oylarida maksimal havo harorati 43-46 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 47-49 daraja issiqni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing