Iyulda qaysi hududda eng ko‘p oila qurilgani aytildi
Jamiyat
−
06 avgust 2022
6196Joriy yilning iyul oyida respublika bo‘yicha jami 24 195 ta nikoh holatlari qayd etildi. Eng ko‘p nikoh qayd etilgan hudud esa Farg‘ona bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 985 ta;
• Andijon viloyati – 1881 ta;
• Buxoro viloyati – 1405 ta;
• Jizzax viloyati – 1188 ta;
• Qashqadaryo viloyati – 2559 ta;
• Navoiy viloyati – 1059 ta;
• Namangan viloyati – 1767 ta;
• Samarqand viloyati – 3138 ta;
• Surxondaryo viloyati – 2081 ta;
• Sirdaryo viloyati – 654 ta;
• Toshkent viloyati – 2043 ta;
• Farg‘ona viloyati – 2699 ta;
• Xorazm viloyati – 778 ta;
• Toshkent shahri – 1 958 ta.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
LiveBarchasi