Iyul oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Jamiyat

image

O‘zgidromet 1-3 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 iyul kuni shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi hamda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 1 iyulda 28-33 daraja, 2 iyulda 30-35 daraja, 3 iyulda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ayrim hududlarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 iyulda 20-25 daraja, 2-3 iyulda 18-23 daraja, kunduzi 1-2 iyulda 30-35 daraja, 3 iyulda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi-ba’zida o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 iyulda 20-25 daraja, 3 iyulda 18-23 daraja, kunduzi 1 va 3 iyulda 32-37 daraja, 2 iyulda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim hududlarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 1 iyulda kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 2 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 3 iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 iyulda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 1 iyulda 32-37 daraja, 2-3 iyulda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 iyulda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2-3 iyulda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 iyulda 15-20 daraja, 3 iyulda 12-17 daraja, kunduzi 1 va 3 iyulda 23-28 daraja, 2 iyulda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qachon anomal issiq bo‘lishi haqida prognozlar ochiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo issiq iyul'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made