Iyul insoniyat tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

Bu qiziq

image

AQSHning Okean va atmosfera milliy boshqarmasi 2021 yilning iyulini 1880 yildan beri davom etib kelayotgan kuzatuvlari davridagi eng issiq oy deb topdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida yer yuzi va okeanning umumiy harorati XXI asrdagi o‘rtacha haroratdan 0,93 daraja yuqori bo‘lgan. O‘tgan asrda o‘rtacha issiqlik 15,8 darajaga teng edi.

Ma’lum bo‘lishicha, agentlik 1880 yildan beri ob-havoni kuzatib boradi. Avvalgi rekord harorat 2016 yilning iyulida qayd etilgan, keyin 2019 va 2020 yillarda ham ushbu ko‘rsatkich takrorlangan. Hozirgi rekord o‘sha yillardagi ko‘rsatkichlardan 0,01 darajaga oshdi.

Shu bilan birga, 2021 yilning iyul oyi Osiyodagi eng issiq oy bo‘ldi. Yevropada eng yuqori harorat 2018 yilning iyul oyiga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing