iTV multi-platformasining “Shovqin” nomli eksklyuziv filmi

Biznes

image

Striming xizmatlar – kontent generatorlari

Bugun media sohasi yuqori tezlikda taraqqiy etmoqda. Apple+, HBO Max, Disney+, Amazon Prime va boshqa ko‘plab striming gegemonlar, bugun nafaqat millionlab obunachiga ega platformalar, balki o‘z kontenti, jumladan, film hamda seriallarini muntazam ishlab chiqarayotgan ulkan media konveyerlarga aylanishga ulgurdi. Avvaliga telekanal yoki oddiy xizmat turi bo‘lgan kompaniyalar, o‘z striming platformasini yaratishdi. Biroq kuchli raqobat sabab, platformalar o‘z prodakshn hamda media ishlab chiqarish sohasiga ehtiyoj seza boshlashdi. Natijada qachonlardir striming bo‘lgan xizmatlar, bugun har qanday kino kompaniyalar bilan raqobatlasha oladigan yirik studiyalarga aylanishdi.

Xo‘sh, bugun striming platformalarining ommalashishiga va millionlab obunachiga ega bo‘lishiga nima sabab bo‘lmoqda? Birinchidan, bu eksklyuziv kontent. Masalan, Kevin Speysi ishtirokidagi “Qartali uy” seriali televideniye orqali namoyish etilgan. Lekin internetdagi tomoshabin ushbu serialning butun mavsumini bir kunda ko‘rish imkoniyatiga ega. Ikkinchidan, striming platformalaridagi kontent senzuradan mustasno. Televizion namoyishlar bilan cheklanmagan striminglar eng “nozik” hamda “o‘tkir” mavzular haqida gapirish imkoniyatiga ega. Uchinchidan esa, platformalar o‘zlari ishlab chiqayotgan loyihalarga taniqli rejissyorlar hamda yirik prodyuserlarni jalb qilmoqda.

iTV originals

Bugun mamlakatimizda ham G‘arb platformalaridan qolishmaydigan striming xizmatlar paydo bo‘ldi. Ulardan biri turli qurilmalarda video kontentni ko‘rish uchun qulay imkoniyatlarga ega iTV.uz multi-platformasidir. Endilikda iTV.uz servisi o‘zining eksklyuziv kontenti - kino va seriallarini suratga olishni boshladi. Maqsad, yangi, mahalliy tomoshabinlar uchun tamoman yangilik bo‘ladigan va striming xizmati ichida namoyish etiladigan “shaxsiy” serialni suratga olishdir. Shuning uchun platforma bu yo‘nalishdagi ilk media mahsulotlarini ishlab chiqaradigan ijodiy jamoaga — iTV originals’ga asos soldi. Yosh ijodkorlardan tashkil topgan iTV originals’ning ilk loyihasi Shovqin filmidir. Rejissyorlar Otabek Yo‘ldoshev va Sardor Mahmudov suratga olgan mazkur film triller yo‘nalishida bo‘lib, adolatsizlik, ayriliq hamda taqdirning ayanchli “o‘yinlari” mavzularini o‘zida mujassam etadi. Mazkur loyiha shu nom ostida davom etishi kutilayotgan serialning pilot ssenariyasi bo‘lib, mahalliy internet tarmog‘ida uchramagan “eksperimental” xususiyatga ega. Serialda nafaqat triller, balki kontent menejmentda avval uchramagan ilmiy fantastika va chuqur psixologik drama elementlari ham mavjud. iTV originals o‘z media-mahsulotlarini yaratishda fokus guruhlar orqali jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilib, yangi janrlarni omma qiziqishini hisobga olgan holda platformaga qo‘shib boradi. Platforma ijodiy jamoasi o‘z auditoriyasi bilan interaktiv aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatini tomoshabin va keng jamoatchilikning talab va takliflarini o‘rgangan holda davom ettirishni maqsad qilgan.

Platformaning qulayliklari

iTV.uz har xil yosh toifasidagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan va bir nechta tilda tomosha qilsa bo‘ladigan kontentdan iborat. iTV.uz ko‘plab xalqaro kompaniya va platformalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ular ichida Walt Disney Company, 20th Century Fox, Amediateka, Start.ru, More.tv kabi chet el hamda Rizanova, NevoFilms, NavoTV, GMD kabi mahalliy media mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda tarqatuvchilarini ko‘rish mumkin.Bu nima degani? Bu foydalanuvchilarga hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan kontentni rasmiy formatda, sifatli o‘zbek tiliga tarjima qilish imkonini beradi. iTV.uz xizmati barcha turdagi media kontentni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, foydalanuvchilarga filmlar, multfilmlar va seriallarning ulkan katalogi, ommabop telekanallar, interaktiv videolar, musiqiy kontent hamda eksklyuziv jonli efirlarni taqdim etadi. Bugun iTV.uz Gollivudning yetakchi studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan kino relizlarni o‘zbek tilida, professional aktyorlar ishtirokidagi sifatli dublyajda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bolajonlar uchun maxsus dublyaj qilingan Tru va kamalaklar mamlakati multserialini ko‘rib, dublyaj sifatiga baho berishingiz mumkin.

iTV originals tomonidan yaratilgan Shovqin loyihasining taqdimoti 2022 yilning 24 mart kuni barcha striming servislarning an’anasiga muvofiq, multi-platformaning o‘zida ya’ni iTV.uz da bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, taqdimot kunida film iTV.uz ning YouTube dagi rasmiy sahifasiga ham joylanadi.

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing