ITB va OPEK O‘zbekistonga 275 mln dollar qarz beradi

Jamiyat

image

Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonga “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun 275 mln dollar kredit ajratadi. Bu haqda “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 200 million AQSH dollari miqdorida va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – OPEK) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 75 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratadi.

Har ikki tashkilotning direktorlar kengashi qarz mablag‘larini ajratish haqida qaror chiqargan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Loyihani amalga oshirish davrida mas’ul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U tomonidan Loyiha uchun 3,05 million AQSH dollari miqdorida grant mablag‘i ajratiladi.

Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi 59,95 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lardan iborat.

Loyiha 2021-2025 yillar davomida amalga oshiriladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing