Italiyaning eng qimmat qimorboz futbolchisi diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
27 Oktabr 2023
7214“Nyukasl”ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali qimor o‘yinlaridagi ishtiroki sabab 10 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Kelishuv doirasida u sakkiz oylik reabilitatsiya kursidan ham o‘tadi. Bu haqda “Mirror” yozmoqda.
Futbolchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Tonali qimorbozligi uchun jazolangan Italiya terma jamoasining ikkinchi a’zosiga aylandi. O‘tgan hafta Italiya futbol federatsiyasi “Yuventus” yarim himoyachisi Nikolo Fajiolini 7 oyga futboldan chetlatgan edi.
Tonali joriy mavsumning qolgan qismi va 2024 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Sandro Tonali “Milan”dan “Nyukasl”ga 64 million yevroga sotilgan va bu uni tarixdagi eng qimmat italiyalik futbolchiga aylantirgandi.
LiveBarchasi