Italiyadagi faoliyati bilan tanilgan mashhur murabbiy vafot etdi

Sport

image

Sobiq futbolchi va murabbiy Sinisha Mixaylovich vafot etdi. Taniqli serb 53 yoshda edi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romana o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi

So‘nggi yillarda Mixaylovich leykemiya (oq qon) kasalligi bilan kurashdi. Unga birinchi marta 2019 yilda leykemiya tashxisi qo‘yilgandi. Bu yil Sinisha kasallikni yengishga va’da bergandi, ammo buni uddalay olmadi.

Oxirgi marta Sinisha "Bolonya"ni boshqargan. Shuningdek, u "Sporting","Torino", "Milan", "Sampdoriya", "Fiorentina" va Serbiya klublarida ishlagan. Futbolchiligida "Inter", "Latsio", "Sampdoriya", "Roma" va Yugoslaviya terma jamoasida o‘ynagan. Mixaylovich o‘zining uzoq masofadan beradigan ajoyib zarbalari bilan mashhur edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sinisha Italiya

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar