Italiya TIV “oziq-ovqat urushi”dan ogohlantirdi
Olam
−
21 may 2022
7307Agar Ukraina g‘allasini yetkazib berishdagi muammolar saqlanib qolsa, dunyo “oziq-ovqat urushi”ga duch kelishi mumkin. Italiya Tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo “La Stampa” gazetasiga bergan intervyusida shunday ogohlantirish berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“O‘tkazilgan barcha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bug‘doy va don yetishmasligidan xalos bo‘lishning yagona yo‘li bor: bug‘doyni Ukrainadan dengiz orqali olib o‘tish imkonini beruvchi himoyalangan yo‘lak yaratish. Quruqlikdagi yo‘llar bilan bu juda qiyin... Aks holda, biz oddiy oziq-ovqat inqiroziga emas, behisob oqibatlarga olib keladigan oziq-ovqat urushiga duch kelamiz”, deydi Di Mayo.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Ukraina birgalikda jahon bozoriga bug‘doy va arpaning 30 foizini, makkajo‘xorining 20 foizini va kungaboqar yog‘ining deyarli 75 foizini yetkazib beradilar.
Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainadagi urush global oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirli vaziyatni yanada kuchaytirdi. Hozirda 43 mamlakatda 49 million kishi ochlikdan o‘lish xavfi ostidaligini ma’lum qilgandi.
Qayd etilishicha, joriy yilning aprel oyida Jahon oziq-ovqat dasturi 3 million ukrainalikka yordam bergan. Bundan uch oy oldin esa Ukrainada oziq-ovqat zaxirasi ortig‘i bilan bo‘lgan.
Ayni vaqtda Ukrainadagi urush sababli 43 mamlakatda 49 million kishi ochlikdan o‘lish xavfi ostida.
Dunyoning o‘nta davlatida, jumladan Afg‘oniston, Suriya va Yaman, shuningdek, Afrikaning bir qator davlatlarida 140 millionga yaqin aholi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda.
Shu bilan birga, Oq uy Rossiyaning dengiz blokadasini yengib o‘tish uchun Ukrainani ilg‘or kemalarga qarshi raketalar bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Bu g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni qayta tiklash imkonini beradi, deb taxmin qilinmoqda. Pentagon hali tasdiqlanmagan yetkazib berishlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmadi.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi