Italiya Prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Olam

image

Italiya prezidenti Serjio Mattarella bosh vazir Mario Dragi iste’foga chiqqanidan so‘ng parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

“Men 70 kun ichida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yangi saylovlar tayinlanishi uchun [parlament] palatalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim”, degan Mattarella parlamentning ikkala palatasi raislari bilan uchrashuvdan so‘ng. 

Kvirinal saroyi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, farmon keyinroq Vazirlar Kengashi raisi Dragi tomonidan ma’qullangan.

Prezidentning ta’kidlashicha, “parlamentni muddatidan oldin tarqatib yuborish har doim oxirgi tanlov bo‘lib qoladi, ayniqsa, hozirgidek parlament palatalari oldida mamlakat manfaatlari yo‘lida hal etilishi lozim bo‘lgan ko‘plab muhim vazifalar turganda”.

“Ammo yuzaga kelgan siyosiy vaziyat shunday qarorga olib keldi. Kecha Senatda bo‘lib o‘tgan munozaralar, ovoz berish va ovoz berish jarayoni qanday kechgani parlament tomonidan hukumatni qo‘llab-quvvatlash yo‘qligini va yangi ko‘pchilikni tashkil etish zaruratini yaqqol ko‘rsatdi”, degan Italiya Prezidenti.

Yangi saylovlar sanasi keyinroq e’lon qilinadi. Ehtimoliy sanalar qatorida kuzatuvchilar 25 sentyabrni ham tilga olgan.

Kecha, 21 iyul kuni Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Prezident Serjio Mattarellaga o‘z iste’fosini taqdim etdi. Hukumatga joriy vazifalarni bajarish vazifasi yuklatildi. Hukumat vakolatlari parlament saylovlari natijalariga ko‘ra yangisi tuzilgunga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing