Italiya karantinda to‘y o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekistondek yo‘l tutdi

Olam

image

Italiya Vazirlar Kengashi Apennin yarim orolida koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni ma’qulladi.

Ushbu chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan Hukumat qarori oldin Bosh vazir Juzeppe Konte va Italiya mintaqalari vakillari bilan muhokama qilingan. 

Manbalarga ko‘ra, bundan buyon restoranlar, pitsseriyalar va trattoriyalar yarim tunga qolmasdan yopilishi shart. Qolgan umumiy ovqatlanish joylari soat 21:00 dan kechiktirilmay o‘z ishini to‘xtatadi.

Bar va restoranlarga kirish joylarida, istirohat bog‘larida, ko‘cha va maydonlarda odamlarning yig‘ilishi taqiqlanadi. Har qanday ommaviy tadbir, shu jumladan to‘y va dafn marosimlarida 30 tadan ortiq odam qatnashmasligi kerak.

Maktablardagi ekskursiyalar bekor qilinadi, shuningdek, aloqaviy sport turlari to‘xtatiladi. 

Ta’kidlanishicha, yuqoridagi choralar 30 kun davomida amalda bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, 7 oktyabrda Italiya Vazirlar Kengashi SOVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq favqulodda rejimni 2021 yilning 31 yanvarigacha uzaytirgan. Mamlakatda tibbiy niqob taqish majburiy bo‘lib qolmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar 360 mingdan oshgan. 241 ming odam sog‘ayib ketgan. Qurbonlar 36 205 nafarni tashkil etmoqda.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 38 milliondan oshgan. 1 milliondan ortiq odam kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus italiya

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing